“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida SEG O`zbekiston zaminiga 360 tupdan ziyod ko`chat o`tqazdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida SEG O`zbekiston zaminiga 360 tupdan ziyod ko`chat o`tqazdi.

187
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida SEG O`zbekiston zaminiga 360 tupdan ziyod ko`chat o`tqazdi.

O'zbekistondagi eng yirik xususiy neft va gaz korxonasi bo'lgan SEG (Sanoat Energetika Guruhi)ning barcha ishlab chiqarish bo'linmalari o'z ish joylarida hududlarini obodonlashtirish bo'yicha ishlarni amalga oshirib bormoqda. Bu, birinchi navbatda, korxonaning konlar atrofidagi mavjud yashil maydonlarni muhofaza qilish va rivojlantirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyiha dasturiga amal qilishi bo'yicha ESG (ekologiya, ijtimoiy siyosat va boshqaruv) tamoyillari bilan bog`liqdir.

            Joriy yilning mart oyi boshidan buyon mamlakatimizning yirik mustaqil neft va gaz korxonasi SEG tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishga yo'naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ular amalga oshirib kelinmoqda. Kompleks chora-tadbirlar “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-46-son farmoni hamda “Yashil makon” umummilliy loyiha dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar SEGning chora-tadbirlar rejasida o`z aksini topgan. Yashil hududlarni obodonlashtirish va asrab-avaylashga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lamida Qarshi, Muborak Andijon va Toshkent shaharlaridagi hududiy bo‘linmalarning tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Yoqilg‘i quyish majmuasida, shu jumladan, ko‘chatlar ekiladigan “yashil hududlar” tashkil etish, sug'orish tizimini yaratish qamrab olingan. Shuningdek, korxona har yili ekiladigan ko‘chatlar hajmini oshirish majburiyatlarini zimmasiga oladi. Korxonaning ekologik faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, jumladan, ruxsatnomalarsiz daraxtlarni ildizi bilan sug‘orish, shikastlash, nobud qilish va ko‘chat o‘tqazish uchun xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda. Davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan qimmatbaho daraxt va buta turlarini kesishga moratoriy qo‘yish talabiga rioya etilishi SEG ob’ektlarida har qanday turdagi ishlarni amalga oshirishda alohida ta’kidlandi.

“Har bir oʻzbekistonlik “Yashil makon” umummilliy loyihasidan chetda qolishi mumkin emas va, albatta, o`z rivojlanishida ESG tamoyillariga amal qiluvchi har bir korxona bundan chetda qola olmaydi. Loyiha doirasida Angren va Samarqand, Qarshi va Muborak, Andijon va Toshkent shaharlaridagi istisnosiz barcha bo‘linmalarimizda “Yashil haftalik” ko‘chat ekish aksiyalari o‘tkazildi. Respublikamizda, korxonamiz tomonidan faoliyat olib boriladigan hududlarda tuproq oddiy tuproq emas, shuning uchun “Yashil makon” loyihasi qoidalarini bajarish vazifasi bir qarashda ko'rinadigan darajada oddiy emas. Akademik M. Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdik. Axir, vazifa faqatgina ko'chat sotib olish va ularni o`tqazishdan iborat emas, balki ularning omon qolishini ta'minlash hamdir. Bu esa mushkulroq, ya’ni ham parvarish, ham sug'orish tizimi demakdir. Korxona bo’yicha hozirda hududlarning tuproq-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda olma, yong‘oq, o‘rik, qarag‘ay, nok kabi 360 tupdan ortiq o‘simlik ko‘chatlari o`tqazildi, – deya ta’kidladi SEG bosh direktori Shokir Fayzullayev.

            ESG tashabbuslarini amalga oshirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, kelgusida barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarda, kuz va bahor fasllarida ko‘chat ekish va asrab-avaylash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda “Yashil haftalik” aksiyalari o‘tkaziladi.

Mart oyidan keyingi daraxt o`tqazish bo`yicha aksiya SEGda 2022-yil oktyabr va noyabr oylarida bo'lib o'tadi. Barcha bo‘linmalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturini amalga oshirish uchun shaxsiy mas’uliyat yuklatilgan holda mas’ul xodimlar tayinlangan.